Chet elda o'qish agentliklari uchun CRM

Birinchi qo'ng'iroqdan vizagacha — bitta tizimda

Qo'ng'iroqlar o'zi lidga yoziladi, har talabaning hujjatlari va apostili ko'rinib turadi, tavsiyachilar esa firmangizning Telegram boti orqali yangi talaba olib keladi.

O'zbek va rus tilida · Bitrix24 va amoCRM'dan ko'chirib beramiz

uCRM24'da ishlaydi

RAY ConsultingRAY Consulting

Oddiy CRM shartnomada to'xtaydi. Agentlikning ishi esa shundan boshlanadi.

Qo'ng'iroqlar yo'qolmaydi

onlinePBX bilan har qo'ng'iroq yozib olinadi va o'zi to'g'ri lidga tushadi. Noma'lum raqamdan — avtomatik lid.

Keyingi qadam unutilmaydi

Har lidda keyingi vazifa ko'rinib turadi, vazifasizi darhol belgilanadi. Ertalab xodim «Bugun» sahifasidan boshlaydi.

Hujjatlar papkada emas, tizimda

Har talabaning hujjatlari tarif bo'yicha ro'yxat: qaysi biri tayyor, qaysi biri notariusda, qaysi biri apostilda.

To'lovni rahbar Telegram'da tasdiqlaydi

Apostil to'lovi so'rovi rahbarga Telegram'da keladi — bir bosishda tasdiq, hammasi tarixda qoladi.

Qanday ishlaydi

Talabaning butun yo'li — bitta kartochkada, har bosqichda kim nima qilishi aniq.

  1. 01

    Qo'ng'iroq

    Mijoz qo'ng'iroq qiladi yoki Telegram'dan keladi — lid o'zi yaratiladi.

  2. 02

    Lid

    Voronka, mas'ul xodim va keyingi qadam.

  3. 03

    Shartnoma

    Tarif va narx mijozga muzlatiladi.

  4. 04

    Hujjatlar

    Tarif bo'yicha ro'yxat, fayllar va muddatlar.

  5. 05

    Apostil va vazirlik

    Doska, yurishlar rejasi, to'lov tasdig'i.

  6. 06

    Viza va oqim

    Talabalar oqimlarga bo'linadi, papka bir bosishda.

Tavsiya dasturi — firmangizning o'z Telegram botida

Sobiq talabalar va hamkorlar botda tanishini tavsiya qiladi, holatini Mini App'da kuzatadi va har shartnoma uchun mukofot oladi. Bot sizning nomingiz bilan ishlaydi.

  • O'z botingiz va Mini App
  • Darajali mukofotlar — pul yoki sovg'a
  • Hamkor firmalar uchun alohida kabinet

Ulanishlar

  • onlinePBX

    Qo'ng'iroq, yozuv, kiruvchi qo'ng'iroqda kartochka

  • Telegram

    Bot, Mini App, rahbar tasdig'i

  • Bitrix24

    Bitimlarni import qilish

  • EskizTez orada

    SMS

  • Click · PaymeTez orada

    Onlayn to'lov

Bitrix24 yoki amoCRM'dan o'tasizmi?

Lid va bitimlarni ko'chirib beramiz, bosqichlaringizni sozlaymiz va jamoangizni o'rgatamiz. Yillik to'lovda — bepul.

Ko'chishni so'rash

Narxlar

Har xodim uchun emas — butun agentlik uchun. Qo'ng'iroqlardan kelgan lidlar cheklanmaydi.

Start

Kichik agentlik

590 000so'm / oy

  • 5 tagacha xodim
  • Lidlar, vazifalar, «Bugun»
  • onlinePBX telefoniya
Demo so'rash
Eng mashhur

Agentlik

O'sayotgan jamoa

1 290 000so'm / oy

  • 15 tagacha xodim
  • Koordinator ish joyi: hujjat, apostil, oqimlar
  • Tavsiya boti va Mini App
Demo so'rash

Tarmoq

Katta agentlik

2 900 000so'm / oy

  • Cheklanmagan xodim
  • Hamkor firmalar kabineti
  • Barcha imkoniyatlar
Demo so'rash

Oylik to'lov · yillik to'lovda −20% · ko'chirish va sozlash 2–3 mln so'm, yillikda bepul · 14 kun o'z ma'lumotlaringiz bilan sinov

Savollar

Ma'lumotlarimiz xavfsizmi, boshqa firmalar ko'rmaydimi?+

Har firma o'z manzilida ishlaydi va ma'lumotlari baza darajasida ajratilgan — boshqa firma uning birorta yozuvini ko'ra olmaydi. Integratsiya kalitlari shifrlangan holda saqlanadi.

Bitrix24 yoki amoCRM'dan qanday o'tamiz?+

Lid va bitimlarni import qilamiz, bosqichlaringizni sozlaymiz va jamoangizni o'rgatamiz. Yillik to'lovda bu bepul.

Qaysi telefoniya bilan ishlaydi?+

onlinePBX: qo'ng'iroqlar yozuvi, kiruvchi qo'ng'iroqda mijoz kartochkasi va bir bosishda qo'ng'iroq.

Telegram bot kerakmi?+

Tavsiya dasturi uchun — ha, firmangizning o'z boti. Uni ulashda yordam beramiz.

Faqat Koreya bo'yicha ishlaydigan agentliklar uchunmi?+

Yo'q. Tariflar va hujjat ro'yxatlarini o'zingiz sozlaysiz; Koreya bo'yicha tayyor ro'yxat ham bor.

Sinab ko'rsak bo'ladimi?+

Ha. Demo so'rang — 14 kun o'z ma'lumotlaringiz bilan ishlab ko'rasiz, keyin qaror qilasiz.

Demo so'rang

Siz bilan bog'lanib, tizimni o'z jarayoningizda ko'rsatamiz.

  • 30 daqiqalik onlayn ko'rsatuv
  • Sizning jarayoningiz va tariflaringiz misolida
  • Keyin 14 kun o'z ma'lumotlaringiz bilan sinov

Yuborish orqali siz bilan bog'lanishimiz uchun ma'lumotlaringizdan foydalanishga rozilik berasiz. Ular boshqa maqsadda ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.